Korxonada korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga nisbatan nol darajadagi murosasizlik tamoyili amal qiladi. Pora berish, pora olish, noqonuniy imtiyozlar taqdim etish yoki qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Barcha xodimlar, rahbarlar hamda hamkorlar o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilik, ichki siyosatlar va axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya etishi shart. Korrupsiyaga qarshi talablar korxona bilan tuziladigan shartnomalarda ham majburiy shart sifatida belgilangan.