KOMPLAYENS

Kompaniyamiz o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik, xalqaro standartlar va axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiradi.

Komplayens siyosati

Korxonamiz o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik, xalqaro standartlar va axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilgan holda olib boradi. Komplayens tizimi korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, halol va shaffof faoliyat yuritishni ta’minlashga qaratilgan.

Korrupsiyaga qarshi siyosat

Korxonada korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga nisbatan nol darajadagi murosasizlik tamoyili amal qiladi. Pora berish, pora olish, noqonuniy imtiyozlar taqdim etish yoki qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Barcha xodimlar, rahbarlar hamda hamkorlar o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilik, ichki siyosatlar va axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya etishi shart. Korrupsiyaga qarshi talablar korxona bilan tuziladigan shartnomalarda ham majburiy shart sifatida belgilangan.

Manfaatlar to‘qnashuvi

Manfaatlar to‘qnashuvi — xodimning shaxsiy manfaatlari uning xizmat vazifalarini xolis va halol bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan holatdir.

Korxona manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga alohida e’tibor qaratadi. Xodimlar shaxsiy, moliyaviy yoki boshqa manfaatlari korxona manfaatlariga zid kelishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzaga kelganda bu haqda rahbariyatni yoki komplayens bo‘limini o‘z vaqtida xabardor qilishi shart.

Murojaat

Korxonada komplayens talablariga zid holatlar, korrupsiyaga oid shubhali vaziyatlar yoki axloq kodeksi buzilishi haqida xavfsiz va anonim tarzda xabar berish imkoniyati mavjud.

Murojaatlar quyidagi aloqa kanallari orqali qabul qilinadi:
complance@inzi.uz ;
+998 90 956-59-56.

Barcha murojaatlar maxfiylik tamoyiliga amal qilgan holda ko‘rib chiqiladi va xabar bergan shaxs ta’qib qilinmaydi.